Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev: «Kimki Vatan taraqqiyotiga pul tiksa, farzandiga haykal qo‘ygan bo‘ladi!»

Shavkat Mirziyoyev: «Kimki Vatan taraqqiyotiga pul tiksa, farzandiga haykal qo‘ygan bo‘ladi!»

Foto: O‘zA

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Toshkent viloyatida xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Sessiyada «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalining vakili ham qatnashmoqda. Uning ma’lumot berishicha, videoselektor shaklida o‘tayotgan sessiyada Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘zbekistonliklarni mamlakat taraqqiyoti uchun sarmoya kiritish, pul tikishga chaqirgan.

«Pulni Vatanga sarflang. Avval nima bo‘lgan bo‘lsa bo‘ldi. Eski gapni qo‘yinglar. Ishni qilaylik. Kimki pulini Vatanga sarflasa, bolasiga tirik haykal qo‘yadi», — deya ta’kidlagan O‘zbekiston rahbari.

Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring