Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2-sentyabr kuni Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Islom Karimov 2016-yil 2-sentyabr kuni vafot etgan edi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra har yili bu sana Xotira kuni sifatida yod etilmoqda.
Birinchi Prezidentning qat’iyati va jasorati bilan yurtimiz mustaqillikka erishgan, taraqqiyot yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritgan. Islom Karimovni qancha e’zozlasak, xalqimizga, yoshlarimizga ma’naviyat yetkazgan bo‘lamiz, deya ta’kilagandi Shavkat Mirziyoyev.
Qur’on tilovat qilindi. Birinchi Prezidentning hayoti va faoliyati, orzu-istaklari, mamlakatimizda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlashdagi xizmatlari yodga olindi.
Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter