Shavkat Mirziyoyev Hindistonning yangi prezidentini tabrikladi

Draupadi Murmu
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Bxaratiya janata parti» hukmron partiyasi boshchiligidagi Milliy-demokratik alyansidan nomzod Draupadi Murmuga Hindiston Respublikasining Prezidenti etib saylangani munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Davlatimiz rahbarining maktubida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali, uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tirilishiga ishonch bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Hindistonda hukmron Bharatiya Janata partiyasi (BJP, Hindiston xalq partiyasi) boshchiligidagi Milliy demokratik alyans a’zosi Draupadi Murmu yangi prezident va mamlakat tarixidagi bu lavozimdagi ikkinchi ayol bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter