Shavkat Mirziyoyev chang bo‘ronlari haqida to‘xtaldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimidagi nutqi daavomida chang bo‘ronlari haqida gapirdi.
«Yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy ta’siri ortib bormoqda. Buni kuni kecha sodir bo‘lgan qum bo‘ronlari ham yana bir bor tasdiqladi. Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyat tobora keskin tus olmoqda.
Shu borada biz Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida e’lon qilish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyusiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim.
Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerak», dedi davlat rahrabi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter