Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev benzin bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev benzin bo‘yicha mutasaddilarga topshiriq berdi

Foto: Prezident matbuot xizmati.

Mamlakatimizga benzin va dizel yoqilg‘isini olib kelishga barcha cheklovlar olib tashlangan. Mutasaddilar oldiga hozirdan benzin va dizel zaxirasini shakllantirish vazifasi qo‘yildi.

Yoqilg‘i olib keluvchi tadbirkorlarga aylanma mablag‘ uchun kreditlar ajratilishi belgilandi.

Yaratilgan sharoitlar tufayli mamlakatimizga shu yilning o‘zida 5 mingta elektromobillar olib kelingani ta’kidlandi. Endi ular uchun hududlarda yetarli infratuzilma yaratish lozim.

Bu borada kelgusi uch yilda 3,5 mingta quvvatlash qurilmalarini o‘rnatish bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib, imtiyozlar berilgan.

Viloyat hokimlariga joriy yilning o‘zida 900 ta quvvatlash qurilmalari o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Umuman, tarmoq mutasaddilari oldiga energetika sohasida ish sifatini ta’minlash, tartib va intizomni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi.

Yig‘ilish yakunida hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti eshitildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring