Shavkat Mirziyoyev Anqaraga yetib bordi (foto)

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anning taklifiga binoan 19-fevral kuni tashrif bilan Turkiyaga bordi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Esonbug‘a» xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.
Bugun prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter