Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Adiblar xiyoboniga tashrif buyurdi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 23-dekabr kuni Toshkent shahridagi bir qator ijtimoiy ob’yektlarga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari dastlab, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasining Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘i hududida bunyod etilgan yangi binosi qurilishi va Adiblar xiyobonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Prezident topshirig‘iga binoan Uyushmaning kutubxonasi Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona bilan bog‘lanadi, ijodkorlar uning boy kitob fondidan shu yerdan turib bemalol foydalana oladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev uyushmaning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatini yanada yuksaltirish uchun bu yerda ochilgan Adabiyot muzeyi yanada boyitish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanini ta’kidladi.

Ijodkorlar yaratilgan sharoit, yuksak e’tibor uchun davlatimiz rahbariga samimiy minnatdorlik bildirib, xalqimiz ma’naviyatini boyitish, yosh iqtidorlarni yuzaga chiqarish borasida bor kuch-g‘ayratini ishga solishlarini ta’kidladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring