Shanxayda lokdaun yanada kuchaytirildi
Xitoyning Shanxay shahrida SARS-CoV-2 yangi virusi tarqalishiga qarshi lokdaun joriy etilgandi. Endi ushbu karantin qoidalari yanada kuchaytirilmoqda, deb yozdi «The Guardian».
Shanxayda 24 mln kishi istiqomat qiladi.
Endi virus eng kam tarqagan hududlarda hatto COVID-19 bilan kasallanmaganlar ham shaharda erkin harakatlanishlari mumkin emas. Bundan tashqari, shahar rahbariyati aholining katta qismi uchun har kuni koronavirus bo‘yicha testdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi.
«Maqsadimiz — imkon qadar tezroq shaharda COVID-19ning nulinchi darajasiga erishish», — deyiladi Shanxay hukumati murojaatida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter