Shahrisabzda YuNESKO shafeligida xalqaro maqom san’ati anjumani o‘tkaziladi
Bugun «Xalqaro maqom san’ati anjumanini o‘tkazish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori imzolandi. Qaror matni O‘zAda keltirilgan.
Anjuman o‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab-avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilmoqda.
Qarorga muvofiq, anjuman doirasida «Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni» mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya ham o‘tkaziladi.
Anjuman doirasida Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydoni hududida maqom san’atiga oid turli ko‘rgazmalar, milliy sozlar va liboslar, hunarmandchilik buyumlari, tasviriy va amaliy san’at asarlari, haykaltaroshlik namunalari, badiiy va hujjatli filmlar, audio va video disklar, kitoblar, albomlar, fotosuratlar namoyishi va ularning sotuvi tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter