Shahrisabz shahar hokimligi: «Bu tadbir biz uchun achchiq saboq bo‘ldi...»
Ijtimoiy tarmoqda qalin kiyimdagi Shahrisabz shahar hokimi Akrom Sulaymonov va yupun kiyimda maktab o‘quvchi qizlari tasviri tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Shahrisabz shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan xabarda aytilishicha, kecha yarim tunda, sovuqda 1-sonli maktab hovlisida musiqiy tadbir o‘tkazilgan.
Axborot xizmati tomonidan e’lon qilingan bu xabar tanqidlarga uchraganidan keyin hozirda hokimlik rasmiy sahifasidan o‘chirib tashlangan.
«Nasafnews» nashriga ko‘ra, hokimlik mazkur voqea sabab uzr so‘radi.
«Barchadan uzr so‘ragan holda, jamoatchilikni keskin tanqidiga olib keladigan bunday holatlarga boshqa yo‘l qo‘ymasligimizni ma’lum qilamiz va bu tadbir biz uchun achchiq saboq bo‘ldi», deyiladi unda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter