Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sertifikat talab qilinadigan qurilish materiallari ro‘yxati qisqartiriladi

Sertifikat talab qilinadigan qurilish materiallari ro‘yxati qisqartiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor davomida qurilish materiallari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha ko‘riladigan chora tadbirlar haqida gapirib o‘tdi. Xususan, davlat rahbari Navoiy shahrida o‘tkazilgan sanoat yarmarkasini misol qilib keltirdi.

— O‘tgan haftada Navoiy shahrida yirik korxonalar ishtirokida sanoat yarmarkasi o‘tkazilib, 376  milliard so‘mlik 990  ta shartnoma tuzildi.Bundan buyon, har oyda 2  tadan hududda sanoat yarmarkalari o‘tkaziladi.Viloyat hokimlari ushbu yarmarkalarni qanday tashkil etilishi va tayyorgarlik ishlari bo‘yicha hisobot beradi, — dedi davlat rahbari.

Ushbu videoselektor yig‘ilishi davomida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga bir qator imtiyozlar berilishi ma’lum qilingan edi. Davlat rahbari tadbirkorlar ishlab chiqaradigan mahsulotlar nafaqat ichki bozor, balki tashqi bozor talablariga javob berishi shartligini ta’kidlab o‘tdi.

— Mahalliy sanoat mahsulotlarining sifati ichki va tashqi bozor talablariga mos kelishi shart. “O‘zstandart” agentligi (Sattarov) birinchi navbatda, 24  ta ixtisoslashgan tumanda zamonaviy laboratoriyalar tashkil etib, xalqaro sifat talablari va standartlarga o‘rgatish tizimini yaratadi. Joriy yil 1  iyuldan boshlab, yangi turdagi qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga xalqaro standartlarni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50  foizi qoplab beriladi. Sertifikat talab qilinadigan qurilish materiallari ro‘yxati 3  baravarga qisqartiriladi (hozirgi 49  tadan 16  tagacha), — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring