Senatning oltinchi yalpi majlisi boshlanmoqda
Bugun soat 10:00 da Oliy Majlis Senatining oltinchi yalpi majlisi Toshkent shahrida Senatning majlislar zalida o‘z ishini boshlamoqda.
Yalpi majlis videokonferensaloqa shaklida o‘tkaziladi.
Yalpi majlisda qator masalalar, jumladan, 8 ta qonun ko‘rib chiqilishi ko‘zda tutilgan.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Aholi bandligi to‘g‘risida»gi, «Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida»gi, «Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan himoya qilish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonunlar shular jumlasidan.
Bundan tashqari, «Qonun ijodkorligi hamda parlament nazorati jarayonlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi, «Xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter