Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat saytini o‘smirlar buzgani yolg‘on bo‘lib chiqdi. MarshGolden egasi Namanganda ushlandi (video)

Senat saytini o‘smirlar buzgani yolg‘on bo‘lib chiqdi. MarshGolden egasi Namanganda ushlandi (video)

2 noyabr kuni Senat.uz saytini 14 yoshli o‘smirlar buzib kirgani haqida MY5 kanalida lavha uzatilgandi. IIV Kiberxavfsizlik markazi bu faktni inkor qildi.

Ma’lum qilinishicha, kiberhujumni amalga oshirgan haqiqiy xaker Namangan viloyatining Norin tumanida yashovchi fuqaro bo‘lgan. U 3 noyabr kuni fosh qilingandi.

Ushlangan shaxsning qayd etishicha bu hujumni u 2 noyabr kuni taxminan soat 11:00 larda bajargan.

«Shunchaki saytning zaifligini ko‘rsatib qo‘ymoqchi edim. 28 oktabr kuni veb-sayt egalariga bu haqida report qilgandim, lekin, javob kelmadi. Shu sabab bu ishni qilgim keldi», — deydi u.

Uning aytishicha, MY5 kanaliga intervyu bergan shaxsning gaplari yolg‘on.

«Hammasi yolg‘on. MarshGoldenni men yaratganman. Telegram kanal ham menga tegishli, uning admini ham menman», deydi u.

Hozirda voqea bo‘yicha daliliy ashyolar yig‘ilib, holatga huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar ish olib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring