Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senat ham 30 aprel kuni referendum o‘tkazish haqidagi qarorni ma’qulladi

Senat ham 30 aprel kuni referendum o‘tkazish haqidagi qarorni ma’qulladi

Bugun, 14-mart kunii Oliy Majlis Senatining o‘ttiz sakkizinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Unda senatorlar «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazish haqidagi masalani muhokama qildilar.

Mazkur masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 2023-yil 9-10-mart kunlaridagi yig‘ilishida muqokama qilingan va yakunda bu to‘g‘ridagi qaror deputatlar tomonidan qabul qilingan edi. O‘z navbatida mazkur hujjat loyihasi Konstitutsiyaviy sud muhokamasida ham ko‘rilib, joriy yil 13-martda uni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq deb topish haqida qaror qabul qilingan edi. 

Senat yig‘ilishida, amaldagi Konstitutsiyasining 78-moddasiga asosan, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining referendumini o‘tkazish to‘g‘risida va uni o‘tkazish sanasini tayinlash haqida qaror qabul qilish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari ekanligidan kelib chiqib, Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi bo‘yicha referendumni ma’qulladi.

Qonun 3 kun ichida e’lon qilinadi.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring