Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sayyoramiz so‘nggi 40 yilda sovitish qobiliyatining 15 foizini yo‘qotdi

Sayyoramiz so‘nggi 40 yilda sovitish qobiliyatining 15 foizini yo‘qotdi

Foto: «Musaffo Arktika» MNT

Michigan universiteti (AQSh) olimlari so‘nggi 40 yilda Arktika o‘z sovitish qobiliyatining taxminan 25 foizini yo‘qotganini, bu ko‘rsatkich dunyo miqyosida o‘rtacha 15 foizga qisqarganini qayd etishdi. Tadqiqot natijalari Geophysical Research Letters (GRL) ilmiy jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar 1980-yildan 2023-yilga qadar Arktika (Shimoliy qutb) va Antarktika (Janubiy qutb) dengiz muzliklari qaytargan quyosh nurlari hamda bulut qoplamlarining sun’iy yo‘ldosh yordamida olingan o‘lchamlarini o‘rganishdi.

Ma’lum bo‘lishicha qutblardagi shelf muzliklari shu davrdagi jismoniy maydoni qisqarishiga nisbatan foiz hisobida taxminan ikki baravar ko‘p sovitish qobiliyatini yo‘qotgan.

Muz qoplamlari yo‘qolib borishidan tashqari, qolgan muzning nur qaytarish xususiyati kamayib ketgan, negaki, iqlim isishi va yog‘ingarchiliklar ko‘payishi sababli yupqaroq va ho‘l muz, erigan ko‘llar paydo bo‘lmoqda, ular esa fazoga quyosh nurini kamroq qaytaradi. Ayniqsa, bu holat Arktikada yaqqolroq aks etib, yilning serquyosh davrlarida Shimoliy muz okeani muzliklarining nur qaytaruvchanligi pasayib bormoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring