Sayyohlarga uylarni ijaraga berish taqiqlangan Yevropadagi ilk shahar
Ispaniyaning Malorka orolidagi Palma shahri sayyohlarga uylarni ijaraga berish taqiqlangan ilk shahar bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Bunday qarorning qabul qilinishiga shahar aholisining internet saytlari orqali uylarni ijraga berish narxini oshirib yuborgani sabab bo‘lgan.
Palma shahri hokimi Antonio Noguyera iyul oyida kuchga kirishi rejalashtirilayotgan qaror sayyohlar oqimini ko‘paytirish niyatidagi barcha shaharlar uchun namuna bo‘lishini aytgan.
Oroldagi uylarni ijaraga berish narxi so‘nggi ikki yilda 50 foizgacha oshib ketgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter