Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovchilar «uzoq vaqt ko‘rinmay qolgan» deputatga hujum qilishdi

Saylovchilar «uzoq vaqt ko‘rinmay qolgan» deputatga hujum qilishdi

Nigeriya parlamenti vakili Magaji Dau o‘zi saylangan Jigava shtati aholisi tomonidan hujumga uchragan. Bu haqda Sahara Report ma’lum qilgan.

Hujumchilar mahalliy aholi bilan uchrashishga shoshilayotgan deputat korteji harakatlanayotgan yo‘lni to‘sib qo‘ygan va uni o‘z mintaqasida uzoq vaqt ko‘rinmay qolganlikda, faqat 2023 yilgi saylov arafasida saylovchilarni eslab qolganlikda ayblagan.

Oqibatda Jigava aholisi va deputat atrofidagilar o‘rtasida otishma kelib chiqqan.

Mahalliy politsiya ko‘ngilsiz hodisa bartaraf etilganini aytgan, bir qancha faol hujumchilar hibsga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring