Saudiyadagi xalqaro musobaqada o‘zbekistonlik qori qatnashadi
Bugun, 24 avgust kuni «Oltin tepa» jome masjidi imom noibi Habibulloh qori Olimjonov Makkai mukarrama shahrida o‘tkaziladigan 43-xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi.
Ertaga, 25 avgust kuni Makkai mukarrama shahrida Ikki harami sharif xodimi, Podshoh Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud hazrati oliylari shafeligida xalqaro 43-xalqaro musobaqa o‘z faoliyatini boshlaydi.
Islomiy ishlar, da’vat va irshod vaziri, tanlovning tashkiliy ishlari rahbari, doktor Abdullatif bin Abdulaziz al-Shayxning ta’kidlashicha, bu yilgi musobaqada 4 million riyol miqdoridagi mukofot ajratilgani bilan o‘tgan musobaqalardan afzal sanaladi.
Musobaqaning ilk yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagan g‘olibga 500 ming riyol ajratildi.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Toshkent islom instituti bitiruvchisi Habibulloh qori Olimjonov ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, shu yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar o‘tkaziladigan mazkur musobaqada dunyoning 117 mamlakat vakillari ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun, Habibulloh qori Olimjonov 2021 yilda ham Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro Qur’on musobaqasida ishtirok etib, sovrindor bo‘lgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter