Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saudiya elchixonasi jamoatchilik e’tiborini yovvoyi hayvonlarni asrashga qaratdi

Saudiya elchixonasi jamoatchilik e’tiborini yovvoyi hayvonlarni asrashga qaratdi

5-noyabr kuni Saudiya Arabistoni podshohligining O‘zbekistondagi elchixonasi hayvonot olamini asrash borasida noodatiy tadbir o‘tkazdi: Toshkent shahridagi Milliy bog‘da «Sat walk» piyoda yurish tadbiri tashkil etildi.

Qayd etish joizki, 2021-yildan buyon dunyoning yirik shaharlarida o‘tkazilayotgan ushbu aksiya O‘zbekistonda ilk bor uyushtirildi.

Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy boshchiligidagi elchixona xodimlari hamda mahalliy aholi vakillari 7 kilometr masofani piyoda bosib o‘tish  orqali jamoatchilik e’tiborini tabiat va yovvoyi hayvonlar, xususan, mushuksimonlar oilasiga mansub jonivorlarni asrab-avaylashga qaratdi.

Yirtqich sut emizuvchilar turkumi, mushuksimonlar oilasiga mansub sher, yo‘lbars, qoplon, gepard, yaguar kabi hayvonlar yo‘qolib borayotgan jonivorlar sifatida xalqaro Qizil kitobga kiritilgan. Masalan, «o‘rmon shohi» deb ataladigan sherlar yo‘qolib ketish xavfi ostida qolmoqda. Bir asr avval Afrikaning o‘zida 200 mingdan ziyod sher yashagan bo‘lsa, so‘nggi o‘nyilliklarda ular soni 30 mingdan 20 mingga qadar qisqargan.

2021-yilda Saudiya Arabistoni malikasi, podshohlikning AQShdagi elchisi Rima bint Bandar Ol Saud tomonidan «Catmosphere» jamg‘armasiga asos solingan.

Jamg‘arma mushuksimonlar oilasiga mansub jonivorlarni muhofaza etish bilan shug‘ullanadi. «Sat walk» piyoda yurish aksiyasi ham mazkur fond tomonidan tashkil etiladi. 2021-yili 102 ta davlatda o‘tkazilgan aksiyada 27 mingga yaqin kishi qatnashgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring