Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sarkash prezidentning boshi uchun 15 million dollar mukofot va’da qilindi (foto)

Sarkash prezidentning boshi uchun 15 million dollar mukofot va’da qilindi (foto)

An’anaga ko‘ra mushtariylar e’tiboriga hafta davomida ro‘y bergan eng muhim 7 hodisa havola etilmoqda.

1. Dunyo hamjamiyati koronavirusga qarshi kurashga andarmon bo‘lib qolganidan foydalangan Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In bir oy muddat ichida to‘rtinchi bor raketa sinovi o‘tkazdi. Ballistik raketa Yapon dengizi tomon yo‘naltirilgan. Janubiy Koreya hamda Yaponiya rasmiylari qo‘shni mamlakat rahbariyatining ushbu xatti-harakatini keskin qoraladi. BMT Xavfsizligi kengashi rezolyusiyasiga ko‘ra, Shimoliy Koreya raketa sinovi o‘tkazishi taqiqlanadi.
Foto: «KCNA»
2. AQSh hukumati Venesuelaning sarkash prezidenti Nikolas Maduro va boshqa bir qator yuqori martabali mansabdorlarni giyohvandlik moddalari savdosiga aloqador deb e’lon qildi. Rasmiy Vashington prezident va uning a’yonlariga doir ma’lumot uchun 15 million dollar mukofot va’da qildi. Venesuela bir yildan buyon siyosiy boshboshdoqlik va qo‘shhokimiyat sharoitida kun kechirmoqda. Muxolifat yetakchisi Xuan Guaydo raqibi Nikolas Maduro hokimiyati legitimligini rad etib, o‘zini prezident deb e’lon qilgan. AQSh, Yevropa hamda Lotin Amerikasining qator davlatlari Xuan Guaydoni qonuniy prezident deb tan olgan. Rossiya esa Maduroni qo‘llab-quvvatlamoqda. Foto: «AFP»
3. Human Rights Watch Misr hukumatini voyaga yetmagan bolalarni qiynoqqa solishda aybladi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotiga ko‘ra, Misr kuch ishlatar idoralari 2013 yildan keyin 12 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan yuzlab o‘smirlarni hibsga olib, ularga noinsoniy munosabatda bo‘lgan, yana o‘nlab bola dom-daraksiz yo‘qolgan. Foto: «HRW»
4. Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida ro‘y bergan 5,5 balli zilzila oqibatida 27 kishi jarohatlandi, 15 yoshli qiz vafot etdi. Yuzlab binolar, jumladan, tarixiy obidalar talafot ko‘rdi. Bu – mamlakatda so‘nggi 140 yil ichida ro‘y bergan eng kuchli zilzila deb baholandi. Foto: «Reuters»
5. Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash xalqaro tashkiloti koronavirus pandemiyasi davrida dunyoda jinoyatchilik holati bo‘yicha hisobot e’lon qildi. 25 betli hujjatda qayd etilishicha, ko‘plab mamlakatlarda karantin hamda favqulodda holat e’lon qilingani sabab dastlabki paytlarda jinoiy guruhlarning qo‘l-oyog‘i bog‘langan. Ammo hozirga kelib jinoiy to‘dalar o‘zini o‘nglab, sog‘liqni saqlash jabhasida pul ishlashga urinmoqda. Qayd etilishicha, kiberfiribgarliklar ham avj olgan. Foto: «Getty Images»
6. Yaponiya poytaxti Tokio shahrida ayni sakura gullagan kunlarda qalin qor yog‘di. Kunchiqar yurt poytaxtida so‘nggi 10 yillar davomida bu hol ilk bor kuzatilmoqda. Foto: «KYODO»
7. Falastinlik bo‘lajak kelin-kuyov esdalik uchun suratga tushmoqda. Koronavirus ehtiyot choralarni ko‘rishni talab etayotir. Foto: «AFP»

C.Calim tayyorladi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring