Sardor Umurzoqov hokimlar va boshqa rahbarlarni jiddiy ogohlantirdi
Ayni vaqtda Prezident Administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov hokimlar, soha va tarmoqlar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, o‘ta tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda Prezident tomonidan agrosanoat majmui bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar hal qilinmayotgani, mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish, ijro intizomini so‘zsiz ta’minlash masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Bundan tashqari, hokimlar va boshqa rahbarlar klasterlar ishiga aralashmasligi, ma’muriy bosim o‘tkazmasligi, balki birlamchi e’tiborini majburiy mehnatga yo‘l qo‘ymaslik, kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda turmush sharoitlarini va infratuzilmani yaxshilash, tadbirkorlik, ayniqsa kichik va oilaviy biznesni qo‘llab-quvvatlashga, odamlarni qiynayotgan masalalarni hal qilishga qaratishi shartligi haqida qat’iy ogohlantirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter