Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sardobada voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Sardobada voyaga yetmagan maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qildi

Sardoba tumanida maktab o‘quvchisining o‘z joniga qasd qilganligi bilan bog‘liq xabarlar tarqaldi.
 
Sirdaryo viloyati prokuraturasi mazkur xabar tasdiqlagan.

Unga ko‘ra, 2005-yilda tug‘ilgan 12-maktabning 9-sinf o‘quvchisi R.Z. (o‘g‘il bola) joriy yilning 5-fevral kuni, taxminan soat 21:00larda yashash xonadonida, arqon bilan o‘zining bo‘yin sohasidan osib o‘z joniga qasd qilinganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, Sardoba tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring