Samarqandga uchayotgan samolyot favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Sankt-Peterburg — Samarqand yo‘nalishi bo‘yicha AFL-2870 parvozini amalga oshirayotgan, bortida 56 ta yo‘lovchisi bo‘lgan «Aeroflot» aviakompaniyasi havo kemasi mahalliy vaqt bilan soat 10:50 da yo‘lovchilardan birining (O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi) salomatligi yomonlashgani va unga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish zarurligi sababli, Qozog‘istonning Qizilo‘rda aeroportiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘lovchining yurak xastaligi xuruji alomatlari kuzatilgan. Ekipaj samolyotni eng yaqin aeroportda qo‘ndirishga qaror qilgan.
Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez tibbiy yordam mashinasida malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasasiga olib ketilgan.
Toshkent vaqti bilan soat 12:20 da, bortida 55 ta yo‘lovchisi bo‘lgan samolyot Samarqand aeroportiga qo‘nishni amalga oshirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter