Samarqandda qizaloq temir panjara orasidan chiqarib olindi

Bugun, 31-iyul kuni soat 15.35 da Samarqand shahri Ozod – Sharq ko‘chasidagi ariq ustiga o‘rnatilgan temir panjara orasiga Samarqand shahri M.Haydarova ko‘chasida yashovchi 2011-yilda tug‘ilgan J. R.ning oyog‘i kirib siqilib qolgan.
FVV ma’lum qilishicha, olingan xabar bo‘yicha voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv otryadi shaxsiy tarkibi yetib borib, maxsus qutqaruv asbop-anjomlari yordamida temir panjara orasidan qizaloq chiqarib olinib, ota onasiga sog‘-salomat topshirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter