Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ota va uning 5 yoshli qizi jonsiz holatda topildi

Samarqandda ota va uning 5 yoshli qizi jonsiz holatda topildi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonlarning birida ota va uning 5 yoshli qizi jonsiz holatda topildi.

Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning Xabar.uz’ga ma’lum qilishicha, holat joriy yilning 30-noyabr kuni soat 09:00 larda aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani «Qorako‘lcha» MFY Qorako‘lcha qishlog‘ida yashovchi 1994-yilda tug‘ilgan Q.X. va uning 2017-yilda tug‘ilgan qizi o‘zining yashash uyi xonasida tashqi ko‘rinishidan tan jarohatlarisiz murdasi topilgan.

Belgilangan sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosalariga ko‘ra, marhumlarning o‘limi «noma’lum etiologikdan zaharlanish» oqibatida kelib chiqqan.

Xolat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring