Samarqandda mehmonxona menejeri turistni haqorat qildi
Bosh prokuraturaga tarixiy obidalarimiz bilan tanishish uchun kelgan xorijlik sayyoh, IT sohasi bo‘yicha mutaxassis V.K. murojaat qilgan.
Unda sayyoh Samarqand shahrida joylashgan mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U. uni haqorat qilib, sha’n va qadr-qimmatini kamsitganini ko‘rsatgan va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
O‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha, mehmonxona ish boshqaruvchisi A.U.ning harakatlarida ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari borligi aniqlanib, to‘plangan hujjatlar sudga taqdim qilindi.
«Sudning joriy yil 22 apreldagi qarori bilan huquqbuzarlik sodir etgan A.U.ga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlanib, javobgarlik muqarrarligi ta’minlandi hamda xorijlik sayyohning huquqlari tiklandi», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter