Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda mahalla raislarini ovoz yig‘ishga «safarbar» qilgan mansabdor ishdan olindi

Samarqandda mahalla raislarini ovoz yig‘ishga «safarbar» qilgan mansabdor ishdan olindi

Kecha, 10-may kuni Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida sodir bo‘lgani aytilgan holatda mansabdor shaxsning mahalla raislariga «Mening loyiham» bo‘yicha kamida 15 ta ovoz yig‘ib kelish majburiyatini yuklagan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimligida yig‘ilish o‘tkazilgan.

Unga ko‘ra, Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i Tohir Qosimov «Mening loyiham»ga ovoz berishda mahalla raislariga bosim o‘tkazgani uchun ishdan olindi.

Shuningdek, yig‘ilishda barcha rahbarlar qat’iy ogohlantirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring