Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdori oshadi

Samarqandda ichimlik va oqova suv xizmatlari tariflari miqdori oshadi

Samarqand viloyatida 1-apreldan ichimlik va oqova suv xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar kuchga kiradi.

Bu borada Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining joriy yil 24-mart kuni tegishli qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilanmoqda:

  • aholi uchun — 2800 so‘m (amalda 2500 so‘m);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 6700 so‘m (amalda 5700 so‘m).

Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun — 1900 so‘m (amalda 1600 so‘m);
  • budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun — 5300 so‘m bo‘ladi (amalda 4300 so‘m).

Bunda aholi hamda budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring