Samarqandda yerosti quvuriga tushib ketgan bola qutqarildi

Samarqandda yerosti quvuriga tushib ketgan bola qutqarildi, deb xabar berdi FVV o‘z telegram-kanalida.
Bugun, 23-sentyabr kuni soat 17:00 da Samarqand viloyati FVBga tashvishli murojaat kelib tushgan. Murojaatda Samarqand shahrining Abubakr Roziy ko‘chasida joylashgan, chuqurligi taxminan 12 metr bo‘lgan yerosti quvuri (kanalizatsiya)ga ehtiyotsizligi oqibatida tushib ketgan 15 yoshli bolani qutqarish so‘ralgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, maxsus qutqaruv asbob-anjomlari yordamida bolani quduqdan sog‘-salomat chiqarib olib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan. Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun davolash muassasasiga yuborilgan. Hozirda bola shifokorlar nazoratida, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter