Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda daryolar toshmoqda. FVV va IIV qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini olib boryapti (foto)

Samarqandda daryolar toshmoqda. FVV va IIV qirg‘oqni mustahkamlash ishlarini olib boryapti (foto)

Foto: FVV matbuot xizmati

Ma’lumki, joriy yilning 16-22 iyul kunlari respublikamiz hududiga qo‘shni Turkmaniston Respublikasi orqali Eron davlati hududidan issiq havo oqimi kirib kelishi sababli joylarda harorat 44-45 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda. Buning natijasida Tojikiston va Qirg‘iziston hududlaridan respublikamizning tog‘ va tog‘oldi hududlariga glyasial sel oqimlarining o‘tish ehtimoli mavjud.

Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizdagi daryolardagi suv hajmining sezilarli ko‘payishiga olib keladi. Xususan, o‘tgan yillar bilan taqqoslaganda Samarqand viloyati hududidan oqib o‘tuvchi Zarafshon, Qoradaryo va Oqdaryo daryolarida ham suv hajmi nisbatan oshganligini kuzatishimiz mumkin.

Kutilayotgan issiq kunlarni betalofat o‘tkazish maqsadida, Samarqand viloyatida ham tegishli amaliy tadbirlar olib borilmoqda. Daryolar qirg‘oqlarini, ko‘priklarni mustahkamlash, muhofaza zonasida joylashib qolgan ob’yektlarni aniqlab bartaraf etish, himoya dambalarining xavfsizligini ta’minlash shular jumlasidandir.

Ta’kidlash joiz, ayni damda Zarafshon daryosining Jomboy tumani qo‘riqxona hududidagi himoya dambasini mustahkamlash bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar boshqarmalari, viloyat va Jomboy tuman hokimligi, Zarafshon magistral suvlardan foydalanish boshqarmasi hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zaruriy muhandislik ishlari olib borilmoqda.

Mazkur tadbirlarda jami 184 nafar ishchi-xodim, shuningdek 60 yaqin maxsus texnikalari jalb etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring