Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda daraxtlar beton qoplamalar va bannerlardan “qutqarildi” 

Samarqandda daraxtlar beton qoplamalar va bannerlardan “qutqarildi” 

“Daraxtlarga nafas bering” ommaviy tadbirlari doirasida hozirgacha Samarqand shahrining o‘zida 100 ga yaqin, Kattaqo‘rg‘on tumanida 33 ta holatda daraxtlar beton qoplama va bannerdan xalos qilingan. Viloyatning boshqa hududlarida ham ayni tadbir davom etmoqda. Tadbir mutasaddilari  raqamlarni umumlashtirishga hali erta ekani, zero, oylik davom etayotganini ta’kidlashdi.

– Ish, avvalo ekofaollar taqdim qilgan ma’lumotlarni to‘plashdan boshlandi. Qayerda, qanaqa daraxt, qanaqa holatda zarar yetkazilgani asosida maxsus jadval tuzildi. So‘ng ekolog mutaxassislar va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari hamkorlikda daraxtlarni “qutqarish” jarayonini boshladilar, – deydi Samarqand viloyat ekologiya boshqarmasi matbuot kotibi Sherali Iskandarov.

Ma’lum bo‘lishicha, insonlarning tabiatga yetkazgan zarari bartaraf etilgan lavhalar ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingach, endi kuzatuvchilar yangi-yangi holatlarni ma’lum qilib bormoqda ekan. Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bitta daraxtdan o‘nlab mix sug‘urib olingan holatlarni ham aytdi. Ildizlarning beton bilan yopilishi va tanasiga turli qoziqlar qoqilishi daraxtning kasallanishi va qurishiga sabab bo‘ladi.

Boshqarma matbuot xizmatining misol tariqasida keltirishicha, kuni kecha bo‘lib o‘tgan qattiq shamolda viloyatda yigirmadan ortiq ichidan yemirilgan daraxt qulagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring