Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samarqandda bola emas, uning qulog‘idagi sirg‘a o‘g‘irlangan» — IIB

«Samarqandda bola emas, uning qulog‘idagi sirg‘a o‘g‘irlangan» — IIB

Ijtimoiy tarmoqlarda «Bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani aytilmoqda, qizaloqni oldiga kelib uni aldab olib ketishdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video yuzasidan Samarqand viloyati IIB tomonidan qo‘shimcha ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 26 aprel kuni Samarqand tumani «Obod» mahallasida yashovchi fuqaro tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, 2022 yil 25 aprel kuni Samarqand tumani «Qo‘shko‘prik» mahallasi hududida 2013 yilda tug‘ilgan qizining voyaga yetmaganligidan foydalanib unga bildirmasdan qulog‘idagi tilla sirg‘asini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni 1997 yilda tug‘ilgan Sabina M. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Sabina M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda bir kunda beshta bola o‘g‘irlangani haqidagi xabarlarga izoh berilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring