Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda 49 kishi zaharlandi

Samarqandda 49 kishi zaharlandi

Foto: «Xabar.uz»

Samarqandda 49 nafar fuqaro viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizildi.

Ularning barchasi shahar markazida joylashgan Fast Food markazida xot-dog iste’mol qilganidan keyin sog‘lig‘i yomonlashgan. Jabrlanganlar orasida bolalar ham bor.

Shifoxonaga keltirilgan bemorlarning 29 nafariga uyiga javob berilgan. Qolgan 20 nafari davolanishni davom ettirmoqda.

Hozirda mazkur ovqatlanish shoxobchasi faoliyati to‘xtatilgan. U yerda ishlatilgan mahsulotlar tekshiruv uchun olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring