Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqand viloyati paxta rejasini bajardi

Samarqand viloyati paxta rejasini bajardi

«Viloyatimiz fermer xo‘jaliklari va paxtachilik klasterlari shartnomaviy majburiyatlarini uddalashdi. Bu qishloq xo‘jaligidagi islohotlar va manfaatning natijasidir», dedi Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov.

Uning qayd etishicha, manfaat – odamlarni dalaga olib chiqdi, mo‘l hosil yaratdi. Paxtani yetishtirib, yig‘ib-terib olishda ham muhim omil bo‘ldi.

«Paxtani yetishtirishda (parvarish qilishda), yig‘ib-terib olishda hissasini qo‘shgan barcha-barchaga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Paxta yig‘im-terimi davom etmoqda», –  dedi hokim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring