Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari ishdan olindi

Kecha, 26-iyul kuni Samarqand viloyati hokimning qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev o‘z arizasiga ko‘ra vazifasidan ozod etilgan, deb xabar bermoqda «Daryo».
Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lganligi to‘g‘risida xabar berilgan, jinoyat ishida viloyat hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xojaqulov va hokim yordamchisi Botir Xojaqulov ham hibsga olinganligi bildirilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter