Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida tezkor tadbirlar o‘tkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urgut tuman bo‘limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.A. «Mirza-Pay» irrigatsiya tizimi boshqarmasiga qarashli 0,9 gektar yer maydonini ijaraga olib, ushbu yer maydonini fuqaro X.U.ga firibgarlik yo‘li bilan 60 000 AQSh dollariga sotishga kelishib, shundan 30 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday yana bir tezkor tadbirda, «U-A.» MTP rahbari A.X. «F.» oilaviy korxonasi rahbari Sh.ga MTP hududidan 3,6 sotix yer maydoni ajratib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 40 mln so‘m talab qilib, shundan 30,4 mln so‘mni MTP kombaynchisi X. orqali olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departament hamda DXXning Farg‘ona viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, «Farg‘ona suvta’minot» MChJ Uchko‘prik tuman bo‘limi balansida bo‘lgan 2 sotix yer maydonini 5 000 AQSh dollari evaziga fuqaro J.S.ning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, shundan 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter