Samarqand shahriga kirish yo‘llari ikki kunga yopiladi
Joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti munosabati bilan Samarqand shahriga kirish yo‘llari yopiladi.
Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Viloyat hududidan tranzit o‘tuvchi transport vositalari uchun aylanma harakat tashkil etilganligini va maxsus flayerlar ishlab chiqilganligini ma’lum qilamiz.
Haydovchilar flayerdagi QR kod orqali yo‘llarda harakatlanishlari uchun ruxsat etilgan aylanma yo‘llardan mobil ilova orqali ham ko‘rishlari mumkin.
Avvalroq, sammit sabab Samarqand ko‘chalari yopilishi xabar berilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter