Samarada yashovchi fuqaroning burnidan tish o‘sib chiqdi
Samara davlat teleradioeshittirishlar kompaniyasining xabar berishicha, shifokorlar Samara shahrida yashovchining burnida o‘sib chiqqan tishlarni aniqladilar.
Bolaligida ayolning qoziq tishlari ortidagi «to‘rtovlon» deb nomlanuvchi tishlar chiqmagan. Magnit-rezonans tomografiya (MRT)dan so‘ng ular gaymor bo‘shlig‘ida ekanligi aniqlandi. Samaralik ayol operatsiyaga yuborilgan. Umumiy narkoz ostida burundagi tishlar olib tashlangan.
Bemorning so‘zlariga ko‘ra, bolaligida u doimo burun bitishi sindromidan aziyat chekkan. Ammo burnida tishlar o‘sayotgani xayoliga ham kelmagan. Operatsiyadan keyin ayol o‘zini yaxshi his qila boshlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter