Saida Mirziyoyeva Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan ko‘rishdi
Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Doha shahrida Qatar Bosh vaziri, Tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdulrahmon Ol Soniy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
«Biz O‘zbekiston-Qatar munosabatlarini rivojlantirish istiqbollarini, shuningdek, kelgusi tadbirlar jadvalini batafsil muhokama qildik.
Suhbat chog‘ida o‘zaro aloqalarimiz 2023-yili yangi bosqichga o‘tgani ta’kidlandi. Samarqand (2023-yil 5-6 iyun) va Doha (2023-yil 2-oktyabr) sammitlari tarixiy ahamiyat kasb etib, hamkorlikning yangi qirralariga eshik ochdi. O‘zbekiston bilan Qatar o‘rtasidagi munosabatlarda mutlaqo yangi davr boshlandi, deya olamiz.
Biz o‘zaro madaniy-ma’rifiy aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdormiz. Qatarlik hamkorlar bilan mustahkam rishtalar bog‘lanib, qo‘shma loyihalar faol amalga oshiriladi, degan niyatdamiz», – deydi Mirziyoyeva.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter