Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyaning «referendum»ni qoralovchi rezolyusiya qabul qilindi. O‘zbekiston betaraf qoldi

Rossiyaning «referendum»ni qoralovchi rezolyusiya qabul qilindi. O‘zbekiston betaraf qoldi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Ukrainaning bosib olingan hududlari – LXR, DXR hamda Xerson va Zaporoje viloyatlarida o‘tkazilgan «referendum»ni qoralovchi rezolyusiya qabul qildi.

Hujjatda Rossiyadan Ukraina hududlarini anneksiya qilish haqidagi bayonotini qayta ko‘rib chiqish talabi ham bor.

BMTga a’zo 193 davlatdan 143 tasi rezolyusiya uchun ovoz berdi. Faqat besh davlat — Belarus, Shimoliy Koreya, Nikaragua, Suriya va Rossiya qarshi ovoz berdi. Ovoz berishda 35 davlat, jumladan, O‘zbekiston betaraf qoldi. Ovoz berishda 10 ta davlat qatnashmadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring