Rossiyalik qizga iPhone shaklidagi qabr toshi o‘rnatildi

Rossiyaning Ufa shahrida g‘ayritabiiy qabr toshi yasaldi. Shaharning janubiy qabristonida 28 yoshli Rita Raisovna ismli qizning qabri ustiga u juda yoqtiradigan «iPhone» telefoni shaklidagi qabr toshi o‘rnatildi. Bu haqda «Haber7.com» xabar bermoqda.
Qora marmardan yasalgan toshda marhumaning ismi va sharifi, tug‘ilgan va vafot etgan yillari yozilgan. Shu bilan birga, qabr toshida yarim tishlangan olmaning ham surati bor.
Mahalliy OAVning yozishicha, qiz 2016 yilda vafot etgan, qabrtoshi esa yaqinda o‘rnatilgan. Rita xorijdan smartfonlarni olib kelish, ularni sotish va tuzatish bilan shug‘ullangan. Shu sababdan ham yaqinlari unga aynan shunday qabrtoshi o‘rnatishga qaror qilishgan. U vafot etgan yili oxirgi rusumdagi smartfon «iPhone 6» bo‘lgani uchun aynan shu qurilma shakli tanlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter