Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiya qo‘llagan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi

G‘arb mamlakatlari Rossiyaga qarshi 2014-yildan buyon kiritgan sanksiyalar soni salkam 29 mingtaga yetdi. Buni RIA Novosti agentligi Castellum portali va ochiq manbalarga asoslanib hisoblab chiqdi.
2025-yil apreliga kelib, G‘arbning Rossiyaga qarshi savdo munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalari soni 28 937 taga yetgan.
Rossiyaga qarshi eng ko‘p sanksiya qo‘llagan mamlakatlar — AQSh, Kanada va Shveysariya.
Yuqoridagi uchlikdan keyin Norvegiya, Islandiya va Buyuk Britaniya joylashgan. Qolaversa, ayni paytda Rossiyaga qarshi 17-sanksiyalar paketi ustida ishlayotgan Yevroittifoq ham ular qatorida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter