Rossiyadagi uylardan birida 7 ming odam ro‘yxatdan o‘tgan. Ularning ko‘pchiligi o‘zbekistonlik

Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi oddiy kvartiralardan biri ko‘pchilikning hayratiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, hozirgi kunga qadar bu kvartirada 6844 kishi uy ro‘yxatidan o‘tgan. Ammo bu hammasi emas.
Voqea 2016-yilda bu uydan birvarakayiga ro‘yxatdan o‘tgan 57 kishi aniqlanganidan keyin boshlangandi. Shundan so‘ng politsiya uy egasi va mahalliy migratsiya nazorati xizmati ustidan tekshiruv boshlandi.
Bu orada o‘tgan deyarli ikki yil davomidagi tekshiruvlarda mazkur uyda ro‘yxatdan o‘tganlar soni oshgandan oshib boraverdi va ayni paytda 6844 taga yetdi. Ma’lumotlarga qaraganda, bir uy ichida huquqiy boshpana topganlar soni yana oshishi mumkin.
Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tganlarning aksariyati o‘zbekistonliklar va Rossiyada bo‘lish muddatini o‘tkazib yuborgan noqonuniy muhojirlar ekanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter