Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada rubl mustahkamlanib, dollar tusha boshladi. Endi nima bo‘ladi?

Rossiyada rubl mustahkamlanib, dollar tusha boshladi. Endi nima bo‘ladi?

Foto: Xabar.uz

Dollar va yevroning rublga nisbatan kursi Rossiyaning to‘lov balansi statistikasi va Yevropada ayrim iqtisodiy qiyinchiliklarning boshlanishi tufayli pasaydi. Bu haqda rossiyalik tadbirkor  va ekspert Nikolay Ryaskov Gazeta.ru’ga o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Yevropa valyutasining kursiga Germaniya iqtisodida retsessiyaning boshlanishi va boshqa Yevropa mamlakatlarida uning boshlanishi ehtimoli haqidagi xabarlar salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

«Umuman olganda, biz Yevropa valyutasi istiqbollarini neytral baholaymiz va yil oxirida uning qiymati bir yevro uchun 96-97 rubl oralig‘ida bo‘lishini kutamiz», — dedi Ryaskov.

Bundan tashqari, bugungi kunda ekspertning so‘zlariga ko‘ra, rubl kursi Rossiya Federatsiyasiga import hajmining sezilarli darajada kamayishi bilan qo‘llab-quvvatlandi. Shu fonda dollar kursi oxirgi 4 oyda birinchi marta 89 rubldan pastga tushdi.

«Biz hali ham olingan ma’lumotlarni sinchkovlik bilan baholayapmiz va dekabr oyi o‘rtalarida yakuniy tasdiqlashni kutmoqdamiz. Yil oxirida bizning maqsadli diapazonimiz bir dollar uchun 95-100 rubl oralig‘ida qolmoqda, ammo agar import bo‘yicha dastlabki ma’lumotlar tasdiqlansa, rubl kursining mustahkamlanishi prognozini qayta ko‘rib chiqishni istisno qilmaymiz», deydi mutaxassis. 

Uning fikricha, xususiy investorlar valyuta kursining o‘zgarishidan pul ishlashga urinmasliklari kerak, chunki bu juda xavfli. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring