Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 31 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

Oliy Majlisning Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Bolalar ombudsmani) o‘zining xorijiy hamkasbi - Rossiya Federatsiyasi Bolalar ombudsmani M.Lvova-Belovaga yuborgan so‘rovida qarovsiz qoldirilgan voyaga yetmagan bolalarni hozirda O‘zbekiston Respublikasiga qaytarish choralari ko‘rilayotganligi, O‘zbekiston mas’ul idoralari vakillari tomonidan bolalarni vatanga qaytarilgunga qadar, ularni hozirda RFda yashab turgan hududlaridagi bolalar muassasalarida vaqtincha joylashtirilishida tezkor amaliy yordam so‘ragan.

O‘zbekiston Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, RF Bolalar ombudmanining tezkor choralari natijasida mazkur masalada zarur ko‘mak ko‘rsatildi va ular joylashgan hududlarda bolalar uchun qulay va munosib shart-sharoit ta’minlandi.

Bugun, 25 avgust kuni 9 nafar bola, bundan avval 22 nafar bola (13 nafari - Sankt-Peterburg shahridan, 9 nafari - Moskva shahridan, 8 nafari - Novosibirsk shahridan, 1 nafari - Qozon shahridan olib kelingan) Ichki ishlar vazirligi vakillari hamrohligida yurtimizga qaytarildi.

«Fursatdan foydalanib, Bolalar ombudsmani bola manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi tezkor hamkorligi uchun RF Bolalar ombudsmaniga o‘z minnatdorligini bildiradi va o‘zaro konstruktiv hamkorligini davom ettiradi», deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring