Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Rossiya» telekanali rahbarining o‘g‘li O‘zbekistonda yirik biznesni yuritmoqda

«Rossiya» telekanali rahbarining o‘g‘li O‘zbekistonda yirik biznesni yuritmoqda

Boris Dobrodeyev

«VKontakte»ning sobiq rahbari, Butunrossiya davlat teleradiokompaniyasi bosh direktori Oleg Dobrodeyevning o‘g‘li Boris Dobrodeyev O‘zbekistonda IT-biznesni rivojlantirish rejalari haqida gapirdi.

Dobrodeyev sherikchilikda yuritayotgan IT-xolding — Uzum deb ataladi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, bu nom «o‘zbeklarga yaqin obraz» bo‘lgani uchun tanlangan. Bundan tashqari, u metaforani o‘z ichiga oladi — «ekotizim, uzum dastasi kabi, turli xizmatlarni birlashtiradi», deb tushuntirdi Dobrodeyev.

Xolding tarkibiga «Kapitalbank» ATB, «Uzum Market» bozori, «Uzum Nazia» to‘lov xizmati va Uzum Bank raqamli banki (sobiq Apelsin) kiradi. Uzum Market 2022 yilning o‘rtalarida ishga tushirilgan. U 16 ta shaharda ishlaydi, shuningdek, 27 000 metr kvadrat maydondan iborat omborga ega, — deydi Uzum Market bosh direktori o‘rinbosari Akmal Rahimov.

Dobrodeyev Uzum kompaniyasi maslahatchisi, shuningdek, u kompaniyaning opsion aksiyalariga egalik qiladi. VKning sobiq rahbari Rossiyaning «KupiKupon» kompaniyasi hammuassisi Jasur Jumayev bilan birgalikda ekotizimni rivojlantiradi. Shuningdek, u O‘zbekistonda ishlashi uchun VK, «AliExpress Rossiya», Ozon, «Yandeksa», Delivery Club kabi kompaniyalar xodimlarini jalb qilgan. Jumayevning so‘zlariga ko‘ra, kompaniyada jami 5000 dan ortiq xodim ishlaydi, ulardan 500 nafari dasturchilardir.

Tadbirkorlar xizmatga qancha mablag‘ kiritganliklarini oshkor qilishmagan. Xoldingni tashkil etishni kim moliyalashtirgani ham rasman aniq emas.

Jumayevning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiyadagi IT aktivlarini sotishdan olingan mablag‘larni investitsiya qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Jumayev mobil marketing yechimlari ishlab chiqaruvchisi «Algoritm» kompaniyasining 50 foiziga ega bo‘lgan. 2022 yil oxirida ushbu kompaniyani «MegaFon» sotib olgan. Bitim summasi oshkor qilinmagan. Shuningdek, Jumayev «Raund» bankning 100 foiz egasi va «Kvantum A» asoschisi (operatorlar uchun telekommunikatsiya va mobil aloqa xizmatlarini yaratadi) hisoblanadi.

Dobrodeyev 2022 yil boshida VK bosh direktori lavozimini tark etgach, milliarder Alisher Usmonovga tegishli bo‘lgan USM Telecom xoldingini boshqargan. Biroq, Ukrainada urush boshlanganidan ikki oydan ko‘proq vaqt o‘tgach, Dobrodeyev bu lavozimni tark etadi. Keyin u MDH mamlakatlaridagi IT-biznesga sarmoya kiritishni maqsad qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring