Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Roskomnadzor «Facebook»ni qisman cheklashni boshladi

Roskomnadzor «Facebook»ni qisman cheklashni boshladi

Foto: «EADaily»

Roskomnadzor «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ini 2022-yilning 25-fevralidan qisman cheklashni boshladi, bu haqda ushbu federal xizmatning rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Xabardan ma’lum bo‘lishicha, bu Rossiyaga tegishli to‘rtta OAV — «Zvezda» telekanali, «RIA Novosti» axborot agentligi, «Lenta.ru» va «Gazeta.ru» internet maydonchalari rasmiy akkauntlari «Facebook» («Meta Platforms, Inc.» kompaniyasi) tarmog‘ida cheklanganiga Roskomnadzorning javob yurishi.

Roskomnadzor 24-fevral kuni yuqoridagi to‘rt OAVga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash talab qilingan murojaatni «Meta Platforms, Inc.» ma’muriyatiga yuborganini, biroq ijtimoiy tarmoq egalari talabini qondirmaganini ma’lum qilgan.

Ushbu chora RF tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan holda, bosh prokuratura qarori asosida qo‘llanilayotgani aytilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring