Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning maoshidan salkam 1 million yevro chegirib qolinadi

Ronalduning maoshidan salkam 1 million yevro chegirib qolinadi

Foto: Sports.ru

«Manchester Yunayted» Krishtianu Ronalduni «Tottenhem» bilan o‘yindagi qilig‘i uchun jarimaga tortdi. O‘sha o‘yin tugashini ham kutmay ketib qolishi portugal yulduziga 887 ming yevroga tushdi.

Championat.com yozishicha, Krishtianu Ronalduning shartnomada ko‘zda tutilgan maoshidan ikki haftaligi ushlab qolinadi. Agarda bu holat o‘tgan mavsumda yuz berganida jarima yanada kattaroq — 1,1 mln yevrodan oshgan bo‘lardi. «MY» Chempionlar ligasi yo‘llanmasidan quruq qolgani sababli ayrim futbolchilarning maoshlari 25 foiz pasaytirilgan.

«Quyon voqeasi» uchun garchi Ronaldu kechirim so‘ragan bo‘lsa-da, «Chelsi»ga qarshi o‘yin mashg‘ulotlaridan chetlashtirildi. Uning qishki transfer oynasida klubdan ketish ehtimoli ancha oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring