Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi

Ronaldu yangi rekord o‘rnatdi

Yevropa qit’asida JCh-2022 saralashidan o‘rin olgan Portugaliya — Irlandiya (2:1) bahsida Krishtianu Ronaldu rekord o‘rnatdi.

Uchrashuvda portugallar Ronaldu tomonidan 89 va 90+6-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga irodali g‘alabaga erishishdi.

Shu tariqa Ronaldu Portugaliyadagi gollarini 111taga yetkazib, milliy jamoalar miqyosida eng ko‘p to‘p kiritgan eronlik sobiq hujumchi Ali Daiyning rekordini (109) yangiladi.

36 yoshli futbolchi ushbu rekordni o‘rnatish uchun milliy jamoa libosida 180ta o‘yin o‘tkazdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring