Ronaldu golga aylantira olmagan penalti «Yuventus»ni g‘alabadan mahrum etdi
Italiya chempionatining (A Seriya) 12-turida Turinning «Yuventus» klubi o‘z maydonida «Atalanta»ni qabul qildi.
O‘yin 1:1 hisobida tugadi.
Federiko Kezi birinchi taymda urgan gol (29-daqiqa) avvaliga turinliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. «Atalanta»ning goli muallifi esa Remo Froyler bo‘ldi (57-daqiqa).
61-daqiqada «Atalanta» darvozasi tomon o‘n bir metrlik jarima zarbasi belgilandi, biroq Krishtianu Ronaldu bu imkoniyatdan foydalana olmadi.
«Yuventus» 24 ochko to‘plab, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda, «Atalanta» 18 ochko bilan 8-o‘rinda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter